» » Gulsanam Mamazoitova - Sensizligimdan

Gulsanam Mamazoitova - Sensizligimdan


Uzun-uzun kechalar,

Ma’yus, mahzun kechalar,

Ko’ngil hazin kuy chalar

Sensizligimdan.

Nolam tutunga to’lar,

Olam kukunga to’lar,

Bir kun ming kunga to’lar

Sensizligimdan.

Tun qora, kunduz qora,

Oy, quyosh, yulduz qora,

Vujudim pora-pora

Sensizligimdan. (x2)

Parishon yo’l kutaman,

O’zimni unutaman,

Dardni arang yutaman

Sensizligimdan.

Dardimga sherik qalam,

Qog’oz birga chekar g’am,

Yondirar alam, alam

Sensizligimdan.

Tun qora, kunduz qora,

Oy, quyosh, yulduz qora,

Vujudim pora-pora

Sensizligimdan. (x2)

Jonim azoblar firoq,

Bo’lsam, yor, sendan yiroq,

Za’faron rangim, biroq

Sensizligimdan. (x2)

Tun qora, kunduz qora,

Oy, quyosh, yulduz qora,

Vujudim pora-pora

Sensizligimdan. (x2)