Manzura - Asra baxtimizni


O’zgani bilmay,

Men seni sevay,

Muhabbating tobora ortsin,

Umrim sayin.

Mehringni sezay,

Ko’nglingni uzmay,

Asra baxtimizni.

Niyatlari xolis,

Yulduzlardek olis,

So’rardik baxtimiz,

Tun aro, kun aro.

Kim bilar edi, kim?

Ikki yurak yarmi

Taqdir o’zaro.

Bu zaminu samo

Bizlarga mahliyo.

Go’yo go’zal baxtga

Burkandi bu dunyo.

Nur tarataverar bu dunyo,

Bu dunyo (bu dunyo).

O’zgani bilmay,

Men seni sevay,

Muhabbating tobora ortsin,

Umrim sayin.

Mehringni sezay,

Ko’nglingni uzmay,

Asra baxtimizni.

Gar bo’lsam yonma-yon

Yuragimda orom,

Baxtliman begumon,

Sen uchun, men uchun.

Senga beg’uborim,

Ko’nglim, ixtiyorim

Topshirmay nechun?

Bu zaminu samo

Bizlarga mahliyo.

Go’yo go’zal baxtga

Burkandi bu dunyo.

Nur tarataverar bu dunyo,

Bu dunyo (bu dunyo).

O’zgani demay,

Men seni sevay,

Muhabbating tobora ortsin,

Umrim sayin.

Mehringni sezay,

Ko’nglingni uzmay,

Asra baxtimizni. (x2)