» » Ozodbek Nazarbekov - Sen bahorsan

Ozodbek Nazarbekov - Sen bahorsan


Bu jahonda ko’zlaringdek

Sim-siyo charos yo’q,

Gul erursan, gullar ichra

Senga hech taqqos yo’q. (x2)

Ko’zlaring dil o’ynatur,

So’zlaring dil o’ynatur.

Yetti iqlimda seningdek

Yana bir dilboz yo’q.

Yetti iqlimda seningdek

Yana bir dilboz yo’q.

Sen malaklardan malaksan,

Tingla, ey gul chehra yor. (x2)

Senga o’tlig’ nisbatinda

Zarracha pardoz yo’q. (x2)

Bu jahonda ko’zlaringdek

Sim-siyo charos yo’q,

Gul erursan, gullar ichra

Senga hech taqqos yo’q.

Sen bahorsan barcha dilni

Urdirursan barq va lek

Bizga qaxr-u qaxraton bor,

Voh, nechunkim yoz yo’q?

Qay kuni lutfu-karamla

Va’dalar qilding va lek

Ko’zlaring aytardi, hay-hay,

Bu kalomda rost yo’q.

Bu jahonda ko’zlaringdek

Sim-siyo charos yo’q,

Gul erursan, gullar ichra

Senga hech taqqos yo’q.

Bu jahonda…

Sim-siyo charos yo’q,

Gul erursan,

Senga hech taqqos yo’q.

Senga hech taqqos yo’q,

Senga hech taqqos yo’q.