Bojalar guruhi - Sayyora


Sovchi qo’ysam, tegmayman deb,

Noz qilding-a, ey Sayyora.

Otang seni bermayman deb,

Kuydirdi-ya, ey Sayyora.

Laylo, sendan ko’nglim qolib

Bormoqda-ya, hey, tobora. (Sayyora)

Mening uchun bundan buyon

Endi faqat, hey, Sayyora. (Sayyora)

Baland tog’dan keldim-da,

Belbog’im bor belimda.

Menday jigit kamdan kam

Qashqadayro elingda, elingda.

Baland tog’dan uylanay deb keldim-da!

Sovchi qo’ysam, tegmayman deb,

Noz qilding-a, ey Sayyora.

Otang seni bermayman deb,

Kuydirdi-ya, ey Sayyora.

Ey Sayyor, yuzta qo’zim bor desam,

Yuzta moli bordan ham sovchi kelgan deysan!

A balki yuzta oti bordan ham sovchi kelgandir?!

Ja sizga ana oshiqona bo’lib qolgan joyimiz yo’q.

Siz bo’lmasangiz, mana Salima-yu, Halima, Nigora,

Ziyoda, Malika, Farida, Aziza-yu, Shahnoza-yu,

Dilnoza-yu, Gulsara-yu, Saidalar bor.

Ha, ja ko’chada qolib ketgan jigit emasmiz.

Ja bo’lmasa, mana “zapas”da Laylo turibdi.

Yuzta qo’zi, qo’yim bor,

Pahlavonday bo’yim bor,

Hay, ketmasam bo’lmaydi,

Samarqandda to’yim bor.

Yuztagina qo’yim bor-a,

To’yim bor-a, to’yim bor.

Noz qildingku-ya, Sayyora

Ado qildingku-ya, Sayyora.