Shahzod guruhi - Ishontir


Armonga aylanmay orzularim,

Hijronga belanmay tuyg’ularim,

Sevgidan sovimay qalbim

Meni bu darddan qutqargin.

Achinsang intizor yuragimga,

Achinsang unda bor tilagimga,

Xazonga aylanmay baxtim

Meni bu darddan qutqargin.

Yetar shuncha

Yolg’izlikning tunlarida yana

Bedor yashamoq,

Bir-birimizga yetolmasdan.

Ishontir sen yana meni sevishingga,

Ishontir sen yana qaytib kelishingga,

To so’nggi nafasim berguncha bu dunyo,

Sen meni etma ko’p umidvor.

To’ydim bu ayriliq, alamlardan,

Ozori o’tib, jon-tanimdan ham,

To’ldirib bu yarim bag’rim,

Meni darddan qutqargin.

Eng go’zal navodek kuylarimga,

O’zing sof xavo bo’l yuragimga,

Tugamay mening bor sabrim

Meni bu darddan qutqargin.

Yetar shuncha

Yolg’izlikning tunlarida yana

Bedor yashamoq,

Bir-birimizga yetolmasdan.

Ishontir sen yana meni sevishingga,

Ishontir sen yana qaytib kelishingga,

To so’nggi nafasim berguncha bu dunyo,

Sen meni etma ko’p umidvor. (x2)