» » Gulsanam Mamazoitova - “Farzandim 2” filmiga soundtrack

Gulsanam Mamazoitova - “Farzandim 2” filmiga soundtrack


Gulga tashlab ketdim deb,

Kulga tashlab ketdimmi?

Bolam, sening ko’zingni

O’zim yoshlab ketdimmi? (x2)

Mehrga zorim mani,

Oh, lolazorim mani,

Nigohing buncha ma’yus,

Bag’rim ezding-ku mani. (x2)

Sen yiqilgan toshlarga

Men bosh ursam qaniydi,

Yalintirmay yomonga

Birga yursam qaniydi. (x2)

Mehrga zorim mani,

Oh, lolazorim mani,

Nigohing buncha ma’yus,

Bag’rim ezding-ku mani. (x2)

Dilimdagi shunday dard

Hech qanday qiyosi yo’q,

Onangning mehri yo’qmas,

Onangning iloji yo’q.

Butun dunyo bir bo’lib,

Ona mehrin yengmaydi,

Onang tirik, o’ksinma,

Ona ruhi o’lmaydi.

Mehrga zorim mani,

Oh, lolazorim mani,

Nigohing buncha ma’yus,

Bag’rim ezding-ku mani. (x2)