» » Bahriddin Zuhriddinov - Gulim-o

Bahriddin Zuhriddinov - Gulim-o


Ko’chamizdan o’tarsan-ey, yuragimni yoqib-yoqib,

Poshnangni taqillatib, barmoqlaring shaqillatib.

Bunchalar go’zalsan-ey, qaysi bog’da o’sgansan-ey,

Bir qarab yuragimni sochlaringga osgansan-ey. (x2)

Guli, Guli, gulim-o,

Jon-ey, jon-ey, jonim-o,

Mani qiynash senga foyda bo’lam-o?

Muchchi-muchchi gulim-o,

Muchchi-muchchi gulim-o,

Bittagina o’psam uyat bo’lam-o?

Boqaman sarak-sarak, bo’lmadi sendan darak,

Men o’zim to’ppa-to’g’ri uylaringga borsam kerak.

Kerak emas dunyo, sen menga bir dunyo,

Yor bo’lmaguningcha-ey endi tinchimasam kerak. (x2)

Guli, Guli, gulim-o,

Jon-ey, jon-ey, jonim-o,

Mani qiynash senga foyda bo’lam-o?

Muchchi-muchchi gulim-o,

Muchchi-muchchi gulim-o,

Bittagina o’psam uyat bo’lam-o?

Orzularim ushaltirib, ko’rganlarni kuydirib,

Kel, yorim, quchog’ima, yana-yanada suydirib.

Mayli parvonang bo’lay, sen yaxshi, yomon bo’lay,

Cholu kampir bo’lganda ham yoningda o’zim bo’lay. (x2)

Guli, Guli, gulim-o,

Jon-ey, jon-ey, jonim-o,

Mani qiynash senga foyda bo’lam-o?

Muchchi-muchchi gulim-o,

Muchchi-muchchi gulim-o,

Bittagina o’psam uyat bo’lam-o? (x1+x2)