» » Gulsanam Mamazoitova - Ona qizim

Gulsanam Mamazoitova - Ona qizim


Sochlarimni silaydi, kulib-kulib qaraydi,

Erkalashim so’raydi qizim, onam qizim.

Ginalarga qaramay, biror yupanch tilamay,

Mehrin berar ayamay qizim, onam qizim.

Quyosh kular yuzida, mehr to’la ko’zida,

Biram shirin o’zi-da, qizim, ona qizim.

Quyosh kular yuzida, mehr to’la ko’zida,

Biram shirin o’zi-da, qizim, ona qizim.

Qizim, ona qizim.

Duo qilar qo’l ochib, ishlarimga yo’l ochib, {x2}

Yo’llarimga baxt sochib, qizim, jonim qizim.

Yo’llarimga baxt sochib, qizim, ona qizim.

Quyosh kular yuzida, mehr to’la ko’zida,

Biram shirin o’zi-da, qizim, ona qizim.

Quyosh kular yuzida, mehr to’la ko’zida,

Biram shirin o’zi-da, qizim, ona qizim.

Qizim, ona qizim.

Pokiza yurak bo’lgin, eng shirin tilak bo’lgin,

Shu yurtga kerak bo’lgin, qizim, onam qizim. {x2}

Quyosh kular yuzida, mehr to’la ko’zida,

Onasining o’zi-da, qizim, ona qizim.

Quyosh kular yuzida, mehr to’la ko’zida,

Onasining o’zi-da, qizim, ona qizim.

Qizim xuddi o’zim.