» » Gulsanam Mamazoitova - Bexabarim

Gulsanam Mamazoitova - Bexabarim


Sezmasang, yo’q nazarim,

Boqmasang, ko’ngil yarim.

Sen deya yonishlarim

Bilmading, bexabarim.

Gohi yetmaydi havo,

Yo’qmi dardimga davo?

Shundayin ozorlaring

Ko’rdingmi menga ravo?

Yor, nega yorim deding mani?

Qalbimda borim deding mani?

Endi beparvo nigohlarim,

Jonim, yuragim yeding mani. (x2)

U desam, yoqmadi-da,

Bu desam, yoqmadi-da,

Ko’zlarim bir senga zor,

Ko’zlaring boqmadi-da.

Qilma so’zlaring taxir,

Mehringga zorman axir,

Sabrimni, yor, sinama,

Bardoshim tugar axir.

Yor, nega yorim deding mani?

Qalbimda borim deding mani?

Endi beparvo nigohlarim,

Jonim, yuragim yeding mani. (x2+x4)