Bojalar guruhi - Yor-yor

Yor-yor, yuragimda bahor,

Zabonda izhor bor – seni sevaman.

Yor-yor, yetadi shuncha ozor,

Mening bir sirim bor – seni sevaman-ey.

Yig’latsa yig’latsin Egam,

Seni deb oxiri men yig’lamay,

Tinglagin, so’zlayman jiddiydan jiddiyroq.

Likir-likir bor edi neg’am,

Holatimga bir nazar solmay,

Tilasan bag’rimni, senga shu ma’qulroq.

Kel, yonma-yon tur,

Dilimi mani, asalim, jonimi mani, shakarim.

Yor men bilan yur,

Dilimi mani, asalim, jonimi mani, shakarim.

Yor-yor, yuragimda bahor,

Zabonda izhor bor – seni sevaman.

Yor-yor, yetadi shuncha ozor,

Mening bir sirim bor – seni sevaman-ey.

Kuydirma, va’dani berma,

Berganingda ham amalda ko’rsat,

Men ojiz har safar umidimni uzmay.

Ha mayli, debon yuragim bo’lma,

Ota-onangdan bo’lganida ruxsat,

Seni onajonimga kelin qilaman dodingga qaramay!