Manzura - Layli va Majnun


Qanchalar urinmagin,

Qanchalar yashirmagin,

Menga bo’lgan sevgingni

Oshkor etadi harakatlaring.

Yonimda bo’lasan paydo,

O’sha zahot o’zgarar dunyo.

Cheksiz fazolarda

Parvozdamiz go’yo.

Yuz bora mavjlanay, to’lib toshay,

Senga talpinay shamollarday,

Yolg’iz sen bilan bo’lay baxtli,

Sen Majnun, men esa Layli.

Ming bora avjlanay, yana kuylay,

Eski armonlarni yengib o’tay,

Yolg’iz sen bilan bo’lay baxtli,

Sen Majnun, men esa Layli.

Qanchalar urinmayin,

Qanchalar yashirmayin

Eng nozik sirlarimni

Oshkor etadi bu nigohlarim.

Qalbimda birgina sado,

Bu sening ismingdir tanho.

Menga hamroh bo’lar

Koinot va samo.

Yuz bora mavjlanay, to’lib toshay,

Senga talpinay shamollarday,

Yolg’iz sen bilan bo’lay baxtli,

Sen Majnun, men esa Layli.

Ming bora avjlanay, yana kuylay,

Eski armonlarni yengib o’tay,

Yolg’iz sen bilan bo’lay baxtli,

Sen Majnun, men esa Layli.

Yuz bora mavjlanay...‎

Yuz bora mavjlanay, to’lib toshay,

Senga talpinay shamollarday,

Yolg’iz sen bilan bo’lay baxtli,

Sen Majnun, men esa Layli.

Ming bora avjlanay, yana kuylay,

Eski armonlarni yengib o’tay,

Yolg’iz sen bilan bo’lay baxtli,

Sen Majnun, men esa Layli.

(Men Majnun, sen esa Layli...‎)