» » Tohir Usmonov - Bayram muborak bo’lsin

Tohir Usmonov - Bayram muborak bo’lsin


Ona yurtim, mustaqillik

To’ying muborak bo’lsin,

Samoga bo’y cho’zgan chinor,

Bo’ying muborak bo’lsin. (x2)

Nuroniy bobolarga, duogo’y momolarga

Bayram muborak bo’lsin. (bayram muborak bo’lsin)

Latofatli qizlarga, oydan oydin yuzlarga

Bayram muborak bo’lsin. (bayram muborak bo’lsin)

Vatanimni asragan,

Yomon ko’zdan saqlagan,

Mard, jasur yigitlarga

Bayram muborak bo’lsin.

Ona yurtim, mustaqillik

To’ying muborak bo’lsin,

Samoga bo’y cho’zgan chinor,

Bo’ying muborak bo’lsin. (x2)

Muallim, shifokorga, quruvchi, binokorga

Bayram muborak bo’lsin. (bayram muborak bo’lsin)

Usta, kulol, dehqonga, sahovatli insonga

Bayram muborak bo’lsin. (bayram muborak bo’lsin)

Shu yurt uchun jon berib,

O’zbekman, deb ko’ksin kerib,

Yurgan oq dil xalqimga

Bayram muborak bo’lsin.

Ona yurtim, mustaqillik

To’ying muborak bo’lsin,

Samoga bo’y cho’zgan chinor,

Bo’ying muborak bo’lsin. (x2+x4)