» » Nuriddin Hamroqulov - Sayrang bulbulim

Nuriddin Hamroqulov - Sayrang bulbulim


Sayrang bulbulim, sayrang,

Shu gulning shoxi sinsin.

Yor ayrilaman, deydi,

Ayrilib ko’ngli tinsin.

Bu olamga kelib topgan

Meniki, mehribonimsan. (x2)

Ko’zimning ravshani, ko’nglim

Xushi, oromijonimsan. (x2)

Labi la’li ziloling bizgadir

Obi hayot go’yo,

Go’zal bog’larga berguvchi

Hayot, obiravonimsan.

Bu Nozim aytadi,

Yuz iltijo aylab nigoriga, (x2)

Menga pandu nasihat

Etgali bir nuktadoshimsan. (x2)

Sayrang bulbulim, sayrang,

Shu gulning shoxi sinsin.

Yor ayrilaman, deydi,

Ayrilib ko’ngli tinsin.