Xushnud - Ha yoki yo’q


Ha, bugun bildim, hayotim ma’nosiz aslida,

Nimalar bo’ldi bizning o’rtamizda?

Sen ham bilolmaysan,

Men ham bilolmayman sababin. (x2)

Nega-nega endi kelmaysan?

Yana-yana seni kutaman.

Mana-mana kelib qolar deb,

Yo’llaringga intizor bo’ldim.

Bora-bora qolmadi ko’z yosh,

Bera-bera olmayman bardosh,

Kela qolgin, bag’ritosh.

Yo’q, bundan ortiq berolmayman bardosh,

Yo’q, sendan ortiq kim bo’ladi menga sirdosh?

Qani aytgin buni menga. (x2)

Nega-nega endi kelmaysan?

Yana-yana seni kutaman.

Mana-mana kelib qolar deb,

Yo’llaringga intizor bo’ldim.

Bora-bora qolmadi ko’z yosh,

Bera-bera olmayman bardosh,

Kela qolgin, bag’ritosh.

Qayerdasan, kim bilan? Nimalar qilasan?

Bilmayman men buni, qiynamagin meni.

Jonginam bo’ldi bas, o’zgasi kerakmas,

Kelaqol, jonim, kelaqol.

Balki sen qilarsan sevgingga xiyonat,

Balki sen qilarsan aksincha sadoqat.

Bilmayman, buni bilmayman.