Setanho guruhi - Yasmina


Ko’zlarim oldi samo, ro’yo bebaho,

Ko’rinishlari a’lo, so’zlari anvo.

Hammaning nazarida u bedard kimsa,

Lekin dardi bor aytsa.

Qalbimda ne borligin bilmaydi hech kim,

Bu bir kam dunyo o’zi ba’ziga zolim.

Yori bor edi, yo Rab, baxti yo’q nechun?

G’am-anduhlari uzun, ko’zyosh to’kadi.

Yig’lar edi yona-yona,

Vafoli jon, go’zal yasmin dona-dona.

Yig’lar edi nega yona,

Havasli yor, zebo yasmin dona-dona.

O yasminu habibi, qayg’uga botma,

Yolg’iz qoldim, demagin, faryodli yurma.

Oyning yarmi qorayu yarmi yorug’dir,

Hali baxting yonadir.

Qalbingda ne borligin bilmasin hech kim,

Bu bir kam dunyo o’zi joningga zolim.

Omading kelmasa gar, hech ham o’kinma,

Kuzlarga xazon bo’lma… Ko’zyosh to’kadi.

Yig’lar edi yona-yona,

Vafoli jon, go’zal yasmin dona-dona.

Yig’lar edi nega yona,

Havasli yor, zebo yasmin dona-dona. (x1+x1)