» » Ozodbek Nazarbekov - Ajab holat emasmu

Ozodbek Nazarbekov - Ajab holat emasmu


Boqmas manga jonona, ajab holat emasmu?

Bo’ldi yana begona, ajab holat emasmu? (x2)

Bexudlig’-u savdo bila qildi meni mashhur,

Ul ko’zlari mastona, ajab holat emasmu?

Qil uchig’a, ey voyki, yetmas mening ilgim,

Zulfini tutar shona, ajab holat emasmu?

Ul huri pari chehra qarab ko’z uchi birla,

Qildi meni devona, ajab holat emasmu?

To’yg’uncha ko’zum ko’rmas ekach tushta xayoling,

Bo’ldi so’zum afsona, ajab holat emasmu?

Bir kun meni giryon elina tushmadi hargiz,

Ul gavhari yakdona, ajab holat emasmu?

Usruk ko’zu la’li meni o’lturgali, Lutfiy,

Bo’lmish yeri mayxona, ajab holat emasmu?

Qil uchig’a, ey voyki, yetmas mening ilgim,

Zulfini tutar shona, ajab holat emasmu?

Ul huri pari chehra qarab ko’z uchi birla,

Qildi meni devona, ajab holat emasmu?

Boqmas manga jonona, ajab holat emasmu?

Bo’ldi yana begona, ajab holat emasmu?