» » Gulsanam Mamazoitova - Vatan uchun

Gulsanam Mamazoitova - Vatan uchun

Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt,

Seni guldek erkalagan chaman uchun.

Osmonlarda yurgan bo’lsang, tuproqqa qayt,

Aytgil do’stim, nima qildik Vatan uchun?

Shu soylardan suvlar urgin yuzingga sen,

Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen.

Shu savolni berib ko’rgin o’zingga sen:

Aytgil do’stim, nima qildik Vatan uchun?

Ko’zi qora, yuragi oq shu el uchun,

Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun.

Ulug’ inson boshlab bergan shu yo’l uchun,

Buncha bino qo’yma zarrin choponlarga,

Saratonda yaproq bo’lgin dehqonlarga.

Suyangani tayoq bo’lgin cho’ponlarga,

Aytgil do’stim, nima qildik Vatan uchun?

Eldan ketib, el bo’lganni kim biladi?

Don axtargan go’shtxo’rlarga yem bo’ladi.

Dil qonasa, ona tuproq em bo’ladi,

Aytgil do’stim, nima qildik Vatan uchun?

Qachongacha qorning o’ylab o’tadirsan?

Qachongacha ko’kdan chalpak kutadirsan?

Axir Vatan bitta, sen ham bittadirsan,

Aytgil do’stim, nima qildik Vatan uchun? {x2}