Bojalar guruhi - Muhabbat


Ko’zimga ko’rinmaydi

O’zingdan o’zgalar,

Shomu shahar tinmaydi

Qalbimdan nolalar.

Ozdim ishqingda

Devona bo’ldim, ozori jonim.

Benatija holimni

Oxir yengar qayg’u,

Unutdim bu olamni,

So’ndi so’roq ezgu.

Sensiz netaman

Oltin tog’larni, ozori jonim.

Angladim, oxir keldim

Men aqli malomat,

Vaslingni maqsad qildim –

Yo’q bo’ldi xalovat.

Kel yuragimga,

Karomatingsiz so’nmoqda jonim.

Yuzlarimni namlaydi

Ko’zdan ortgan dardim,

Ne kuylarga jamlaydi

Taqdir nomli taqdim.

Qodirim Egam,

Sol nazaringni, so’nmoqda jonim.

Angladim, oxir keldim

Men aqli malomat,

Vaslingni maqsad qildim –

Yo’q bo’ldi xalovat.

Kel yuragimga,

Karomatingsiz so’nmoqda jonim. (x2)

Kunlarim yorishmaydi,

Tunlarim zim-ziyo,

Xayolimdan ketmaydi

O’zingday dilrabo.

Ko’nglim har nafas

Bir mamnun, bir xun, talabim ohim.

Benatija holimni

Oxir yengar qayg’u,

Unutdim bu olamni,

So’ndi so’roq ezgu.

Sensiz netaman

Oltin tog’larni, ozori jonim.

Angladim, oxir keldim

Men aqli malomat,

Vaslingni maqsad qildim –

Yo’q bo’ldi xalovat.

Kel yuragimga,

Karomatingsiz so’nmoqda jonim.