Shahzoda - Yalola


Xayolimdan ketmaydi,

Nigohlarim tinmaydi,

Yo’lingizga intizorim bitmaydi.

Sevib turib yonaman,

Oshig’u pinhonaman,

Sizga sevgim aytolmay to’lg’onaman.

Yuragimdagi sevgim-la yana yonaman,

Sevgimni sizga aytishga kuch topolmayman.

Hay, yor, yalola,

Bo’lmang buncha ovora,

Yuragimni men bermam sizga!

Hay, yor, yalola,

Izlamang bo’lib ovora,

Sevgim pinhona yuragimda! Yuragimda!

Qalbim to’la orzular,

Hayajonli tuyg’ular,

Siz tomonga talpinar bu sog’inchlar.

Yolg’iz yoringiz bo’laman,

Hammadan qizg’onaman,

Kelsangiz, men noz ila afsonaman.

Yuragimdagi sevgim-la yana yonaman,

Sevgimni sizga aytishga kuch topolmayman.

Hay, yor, yalola,

Bo’lmang buncha ovora,

Yuragimni men bermam sizga!

Hay, yor, yalola,

Izlamang bo’lib ovora,

Sevgim pinhona yuragimda! Yuragimda!

Hay, yor, yalola... {x2}

Hay, yor, yalola,

Izlamang bo’lib ovora,

Sevgim pinhona yuragimda! Yuragimda!

Hay, yor, yalola,

Bo’lmang buncha ovora,

Yuragimni men bermam sizga!

Hay, yor, yalola,

Izlamang bo’lib ovora,

Sevgim pinhona yuragimda! Yuragimda!