Bojalar guruhi - Chempion


Yurtimiz qahramonlari, biz siz bilan faxrlanamiz,

Olg’a O’zbekiston!

Hasanboy Do’stmatov, Fazliddin G’oyibnazarov,

Shahobiddin Zoirov, O’zbekiston!

Ruslan Nuriddinov, Bektemir Meliqo’ziyev,

Shahrom G’iyosov, O’zbekiston!

E, birinchi raunddagi nakoutingga

Gap yo’q, Murodjon!

Diyor, Rishod, Elmurod,

Magamet, Rustam, Ixtiyor,

Bizni qildi baxtiyor-a,

Polvonlarga omad yor.

O’ngdan, chapdan, tepadan, pastdan,

Bir, ikki, uch, to’rt “apperkot”.

Ushlading, bo’g’ding, belidan tortding,

Bazari bom bale boy.

E, Anjancha tezkor zarbalaringdan

Seni, Hasanboy!

O’zbegim polvonlari,

Yurtim mard o’g’lonlari,

Kuylaganda “Bojalar”,

Raqsga tushsin polvonlar.

O’ngdan, chapdan, tepadan, pastdan,

Bir, ikki, uch, to’rt “apperkot”.

Ushlading, bo’g’ding, belidan tortding,

Bazari bom bale boy.

E, 237 kilolik olimpiya rekordingdan, Ruslanjon!

Hasanboy Do’stmatov, Fazliddin G’oyibnazarov,

Shahobiddin Zoirov, O’zbekiston!

Ruslan Nuriddinov, Bektemir Meliqo’ziyev,

Shahrom G’iyosov, O’zbekiston!

E, raqibingni murabbiylarini ham

Yechintirvordingku, Ixtiyor!

Yurtimda sportga e’tibor juda zo’r-zo’r,

Bu e’tiborga polvonlar javobi zo’r-zo’r.

O’ngdan, chapdan, tepadan, pastdan,

Bir, ikki, uch, to’rt “apperkot”.

Ushlading, bo’g’ding, belidan tortding,

Bazari bom bale boy.

Polvonlar, medallar muborak bo’lsin-ey!