» » Bojalar guruhi - Nashvati uzum

Bojalar guruhi - Nashvati uzum


Ayvonimning shiftidagi

Qora qanot qaldirg’och,

Polaponlar uyg’onmay

Asta-sekin indan qoch.

Oftob ko’zin olmasidan,

Rayhon hidi ketmasidan,

Yorim sezib qolmasidan-ey

Bog’dan uzum olib kelay.

Tong chog’ida bildirmay,

Saraton kunni qizdirmay,

Nashvati uzum yorimga

Uzib beray, uzib beray. (x2)

Mahallamning boshidagi

Baland chinor, katta chinor,

Darvozamning oldigacha

Uzun-uzun soyasi bor.

Oftob botib qolmasidan,

Chinorning soyasi ketmasidan,

Yorim qidirib qolmasidan-ey

Uyga kirishga ulguray.

Tong chog’ida bildirmay,

Saraton kunni qizdirmay,

Nashvati uzum yorimga

Uzib beray, uzib beray. (x2+x2)