» » Gulsanam Mamazoitova - O’zbekiston

Gulsanam Mamazoitova - O’zbekiston

Olisdagi mahmadona, ey eski olchoq,

Menga qadam tashlamoqni o’rgatmagin sen.

O’zingga boq, keyin mayli nog’orangni qoq,

Menga qanday yashamoqni o’rgatmagin sen.

Tinchlik, deya yurak-bag’ri kuyuk eldir bu,

Yaratganning qoshidagi suyul eldir bu,

O’tmishi ham kelajagi buyuk eldir bu,

Menga qanday yashamoqni o’rgatmagin sen.

Agar jannat ko’kda bo’lsa, ostidadur O’zbekiston,

Agar jannat yerda bo’lsa, ustidadur O’zbekiston.

Dala-dashtlar o’z-o’zidan Eram bo’lmagay,

Lekin sendan beminnat Karam bo’lmagay,

O’zbek eli hech kimsaga qaram bo’lmagay,

Menga qanday yashamoqni o’rgatmagin sen.

Kitobingda daholarim so’zlari bordir,

Devoringda bobolarim izlari bordir,

Mag’rur xalqning etu tirnoq do’stlari bordir,

O’zbekiston…