» » Bojalar guruhi - Yoringman 2 (Guli sanam)

Bojalar guruhi - Yoringman 2 (Guli sanam)


Nozlanib qadam tashlar bu oydin kechalar,

Erkalab, silab o’tar mayin bu shamollar.

Shamollar ichra o’tar go’zal guli sanam,

Yuragim zor bo’ladi senga, qoshi qalam.

Xushro’yi, ro’yi pari, dilraboyim mani,

Nozlaring mast aylab, fig’on etdi mani.

Kechalar zor, bedavo bo’lgan kunlar qani?

Mana man yoringman-ey, degan kuylar qani?

Hey guli sanam,

Qoshi-ko’zi qora qalam,

Sani sevgan yoringman-ey,

Sanga bemor o’zimman-ey. (x2)

Yoringman, yorim bo’l, ohu ko’zli dilbarim,

Yuragim zor uradi, sababin bilmadim.

Dardimga davo bo’lgay sening shirin so’zing,

Dilimga navo solgay nurday yorqin ko’zing.

Xushro’yi, ro’yi pari, dilraboyim mani,

Nozlaring mast aylab, fig’on etdi mani.

Kechalar zor, bedavo bo’lgan kunlar qani?

Mana man yoringman-ey, degan kuylar qani?

Hey guli sanam,

Qoshi-ko’zi qora qalam,

Sani sevgan yoringman-ey,

Sanga bemor o’zimman-ey. (x2+x4)