» » Gulsanam Mamazoitova - Yor-yorni ayting

Gulsanam Mamazoitova - Yor-yorni ayting


Ayt sevgi, bu axir nima qilganing –

Men yorga desam, sen qayga chorlading? (x2)

O’lanchilar eski o’lanni qo’ying,

Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting. (x2)

Yor-yorni ayting.

Qizning taqdiridan qiziq narsa yo’q,

Siniq ko’nglidanda siniq narsa yo’q. (x2)

Mening armonimdan tiniq narsa yo’q,

Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting. (x2)

Yor-yorni ayting.

Men sevgi bog’idan uzilgan gulman,

Zimiston ichida yo’qolgan nurman.

Endi oydek qizmas, baxtsiz kelinman,

Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting.

Yor-yorni ayting.

Tindiring surnayning ovozasini,

Berkitishdi baxtim darvozasini. (x2)

Larzaga keltirib to’yxonasini

Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting. (x2)

Yor-yorni ayting. (x2)