Tohir Sodiqov - Anori dona


Anori dona-yu dona,

Qadrli ota-yu ona.

Topilur do’stu begona,

Topilmas ota-yu ona.

Qanot bersa, uchib borsam,

Qadrli onamni ko’rsam.

Onam bilan suhbatlashib,

Yurak-bag’rim bayon etsam. {x3}

Yordam bergin, osmon,

Hayotda kuchli bo’lishga,

Intilishga, baxtim uchun

Kurashishga yordam bergin. (x2)

Navo derlar, vafo derlar,

Vafoni beda’vo derlar.

Mahallangdan o’tar bo’lsam,

Otasi yo’q gado derlar.

Piyolamning sariq rangi

Mening rangimga o’xshaydi.

Ichidagi qora choyi

Yurak dog’imga o’xshaydi. {x3}

Yordam bergin, osmon,

Hayotda kuchli bo’lishga,

Intilishga, baxtim uchun

Kurashishga yordam bergin. (x2+x1+x2)