Bojalar guruhi - Sog’inaman


Erta sahar bilan man sharob icharman,

Kecha-kunduz kunlarimni harob qilarman.

Shoxida bulbul sayrar dard bilan,

Alamli sevgi dardi maning kechmish boshimdan.

Duru-gavharlar doim sovg’a olarding,

Kamiga jonim, asalim, deb erkalarding.

Shoxida bulbul sayrar dard bilan,

Tarki dunyo qilding, jonim, san mani birdan.

Sog’inaman, sog’inaman

Qora qosh-ko’zing sog’indim.

Sog’inaman, sog’inaman

Xushro’yi zabon sog’indim. (x2)

Ayol makridan man tuzoqqa tushdim,

Hatto ota-onam, yaqinlarimdan kechdim.

Shoxida bulbul sayrar dard bilan,

Chin sevgini adashtirdim man banda bilan.

Peshin paytida ota-onam namozda,

Aka-ukalarim esa mehnat shashtida.

Shoxida bulbul sayrar dard bilan,

Besh kunlik dunyoni kechdim majnunlik bilan.

Sog’inaman, sog’inaman

Qora qosh-ko’zing ko’rmayin.

Sog’inaman, sog’inaman

Xushro’yi zabon eshitmayin.

Sog’inaman, sog’inaman

Qora qosh-ko’zing sog’indim.

Sog’inaman, sog’inaman

Xushro’yi zabon sog’indim. (x1+x2)