Bojalar guruhi - Tush


Qora karvon did bilan bezatilgan,

Ortiqcha narsa yo’q.

Rangi to’q qizil, charm salon egnida,

Mashinaga gap yo’q.

Yuzi, ko’zi, nafasi go’zal janona bilan

Sayr qilib yurganda uyg’onib ketsa,

Yomon alam qilarkan!

Ko’rdim tush, tushimda ko’rganim o’ngimga o’xshar,

Yoki tushda ko’rganim rost, o’ngim adashar.

Parishon bu holatim bilmay o’ylamoqdaman,

Mashinadagi janonani eslamoqdaman.

Man xuddi haliyam uxlamoqdaman,

Moviy ko’zlariga sekin qaramoqdaman.

Sokin musiqa sadosi og’ushida

Mashinanimas janonani eslamoqdaman.

Tush bo’lsa nima bo’pti?

Bo’ladigan ish baribir bo’la bo’pti.

Ey nima bo’lsa bo’lsa ham mayli,

O’sha qiz yoqqan bo’lsa bo’ldi.

Uyg’ongan bo’lsa nima bo’pti?

Bekordan bekor uyg’onmabdi.

Demak tushda ko’rgan qizni

Rostdan sevib qolibdi.

Man xuddi haliyam uxlamoqdaman,

Moviy ko’zlariga sekin qaramoqdaman.

Sokin musiqa sadosi og’ushida

Mashinanimas janonani eslamoqdaman.

(San xuddi haliyam uxlamoqdasan,

Moviy ko’zlariga sekin qaramoqdasan.

Mana shu musiqa sadosi og’ushida

Mashinadagi janonani o’ylamoqdasan.)

Man xuddi haliyam uxlamoqdaman...