» » Bojalar guruhi - Qora choy icholmadim

Bojalar guruhi - Qora choy icholmadim


Qora choy icholmadim, asal choy icholmadim

Sening qo’lingdan, sening qo’lingdan.

Shirin so’z aytolmadim, atirgul uzolmadim

Sening bog’ingdan, sening bog’ingdan. (x2)

Majnuntol tagida yorim kutardim,

Qora qosh ko’zlaringga xumor bo’lardim.

Nozik qo’llaringdan tutsam, bemor yuragim

Davo topar.

Sog’inib ko’changdan o’tsam men agar,

Bedavo bezori, deya atashar.

G’iybatdan baxtim qaro, sevgimni xor qilishar,

Achinmaslar.

Qora choy icholmadim, asal choy icholmadim

Sening qo’lingdan, sening qo’lingdan.

Shirin so’z aytolmadim, atirgul uzolmadim

Sening bog’ingdan, sening bog’ingdan. (x2)

Nolali rubobim sindirdi nomardlar,

Lekin g’ururimni sindirolmaslar.

Salomga yarasha alikni hali olishar,

Javobim bor!

Yil o’tib, balki meni tan olmaysan,

Yaxshi keldingizmi, deb kuta olmaysan.

Qo’lingda bolang bilan unitdim deb turasan,

Achinmaysan.

Qora choy icholmadim, asal choy icholmadim

Sening qo’lingdan, sening qo’lingdan.

Shirin so’z aytolmadim, atirgul uzolmadim

Sening bog’ingdan, sening bog’ingdan. (x2)