Manzura - Sensiz


Yurak to’la rangin his,

Bildik sevgi kuchin.

Yaralganmiz ikkimiz

Birga bo’lmoq uchun.

Senla hayot shirin,

Senla dilda bahor.

Qalbimda yashirin

Sevgim ko’zda oshkor.

Sensiz oqshomimning yo’qdir kunduzi,

Sensiz osmonimning yo’qdir yulduzi.

Isming yuragimning tanho chin so’zi,

Jonim beray senga, yoru jonim. (x2)

Yulduzsiz osmon – zulmat,

Oyga quyosh armon.

Birga bo’lsak biz faqat,

Nurga to’lar jahon.

Senla hayot shirin,

Senla dilda bahor.

Qalbimda yashirin

Sevgim ko’zda oshkor.

Sensiz oqshomimning yo’qdir kunduzi,

Sensiz osmonimning yo’qdir yulduzi.

Isming yuragimning tanho chin so’zi,

Jonim beray senga, yoru jonim. (x2+x2)