Bojalar guruhi - Jamshid


Osharga ham, hasharga ham borasan,

Hazillashib chaqirsa ham borasan,

Ey, bitta og’iz shirin so’zli bolasan-ey,

Jamshid (hey, Jamshid).

Yozda issiq, qishda sovuq bilmading,

Kasal bo’lib bahona ham qilmading,

Bo’ydoq yurganda ham “gulyat” qilmading-ey,

Jamshid (hey, Jamshid).

Hamma sani biladi-yu, san o’zingni bilmaysan, Jamshid,

(Ha, ha, ha, ha Jamshid)

Yaxshini ham, yomonni ham oshna bilasan-ey, Jamshid.

(Ha, ha, ha, ha Jamshid)

Hilolani Farg’onaga kuzatding,

Zubaydani Xorazmga kuzatding,

Yor-yor aytib qancha qizni uzatding-ey,

Jamshid, voy-yo Jamshid.

Qarzing Xitoydagi odamdan ham ko’p,

Saqich, qurut, pista, bodomdan ham ko’p,

Ey, Captiva-yu, Malibular Photoshop,

Jamshid (hey bo’lmabdi-ey, Jamshid).

Hamma sani biladi-yu, san o’zingni bilmaysan, Jamshid,

(Ha, ha, ha, ha Jamshid)

Yaxshini ham, yomonni ham oshna bilasan-ey, Jamshid.

(Ha, ha, ha, ha Jamshid)

Telegramda gruppalarni qiynading,

Kuchsizlarning ustidan sen kulmading,

To’ylarda-chi “medlyak”ga ham o’ynading-ey,

Jamshid (hey, gazni bos, Jamshid).

Hamma sani biladi-yu, san o’zingni bilmaysan, Jamshid,

(Ha, ha, ha, ha Jamshid)

Yaxshini ham, yomonni ham oshna bilasan-ey, Jamshid.

(Ha, ha, ha, ha Jamshid)