Shod guruhi - Yurak


Ko’zlaringda o’zimni ko’rolmasam, aytgin menga,

Yuragingda nahot men yasholmasam, aytgin menga?

Nega meni buncha tez unutding sen, aytgin menga,

Bilmadim man, sensiz endi men qanday yashay olaman?

Yurak seni sog’inaverar,

Seni o’ylayveraman tundan tonggacha.

O, yurak seni sog’inaverar,

Seni o’ylayveraman, bo’ldim begona, senga begona.

Buni bilmam, nega buncha seni qizg’onaman?

Armondaman, seni deya bu dunyoda yashayman.

Bilgin shuni, qayg’u-alam qiynaydi yuragimni,

Lekin endi tark etasan meni o’zga bilan.

Yurak seni sog’inaverar,

Seni o’ylayveraman tundan tonggacha.

O, yurak seni sog’inaverar,

Seni o’ylayveraman, bo’ldim begona, senga begona.