Manzura - Sevganim


Men bilgan bu dunyo,

Gohi tush, gohidir ro’yo.

Qanchalar olis ekan,

Yaqin deganim – keng samo.

Dildagi orzuim endi, bo’ldi armonim,

O, sen go’zal sevgim mening,

Endi qaydasan, qaydasan?

Dardim azobim sensan.

Sevganim, sevganim begonaday,

Lekin yuragim sog’inadi.

Ko’ngil esa yig’lar yana,

Qachon u keladi?

Sevganim, sevganim devonaday,

Lekin yuragim sog’inadi.

Ko’ngil esa yig’lar yana,

Dilimga nola to’ladi.

Men yetmagan sevgi

Yerdamas, osmonda edi.

Samoga qushdek uchib,

Toparman go’zal sevgimni.

Dildagi orzuim endi, bo’ldi armonim,

O, sen go’zal sevgim mening,

Endi qaydasan, qaydasan?

Dardim azobim sensan.

Sevganim, sevganim begonaday,

Lekin yuragim sog’inadi.

Ko’ngil esa yig’lar yana,

Qachon u keladi?

Sevganim, sevganim devonaday,

Lekin yuragim sog’inadi.

Ko’ngil esa yig’lar yana,

Dilimga nola to’ladi. (x1+x2)