Shuhrat Umar - Dilpora


Dilim aylab mingpora,

Qayga ketding, dildora?

Ayriliqdan o’zga ayt,

Topolmadingmi bir chora? (x2)

Bizlar endi begona,

Yurak bo’ldi devona.

Muhabbat bu saroyini

Etding, gulim, vayrona.

Dilimni, dilimni, dilimni aylama,

Qoshlaringni o’ynatma.

Yurak bo’ldi, sarob bo’ldi,

Endi meni izlama. (x2)

O’zi nima bo’ldi menga,

Jonu-dilim berib unga?

Qolib ketdimmi ishonib,

Farg’onada tong otguncha. (x2)

Bizlar endi begona,

Yurak bo’ldi devona.

Muhabbat bu saroyini

Etding, gulim, vayrona.

Dilimni, dilimni, dilimni aylama,

Qoshlaringni o’ynatma.

Yurak bo’ldi, sarob bo’ldi,

Endi meni izlama. (x2+x2)