Gulsanam Mamazoitova - Alla


Buncha nozik bo’lmasang,

Gulga o’raymu, bolam?

Yig’i to’la allam bor,

Aytib beraymu, bolam? (x2)

Yetti daryo yuvsa ham

Ketmas dog’im bor mening,

Nokas otgan toshlarga

To’lgan bog’im bor mening. (x2)

Mo’ltirama ko’zimga,

Bo’ldi ko’nglim ezmagin.

Men sen uchun tosh tishlay,

Sen oroming buzmagin. (x2)

Do’lonadek to’kilgan

Yuragi bor onangni,

Sendan boshqa kimga ham

Keragi bor onangni?

Dardkashimsan sen bolam.

Yolg’izlik bu jonimni

Yonar o’tga otdi-ey,

Yaxshi yorim deganim

Yomon kunga sotdi-ey.

Otang – o’zimman, alla,

Onang – o’zimman, alla,

Sensan gulim, rayhonim,

Soyang o’zingman, alla.

Do’lonadek to’kilgan

Yuragi bor onangni,

Sendan boshqa kimga ham

Keragi bor onangni?

Suyanganimsan bolam,

Ishonganimsan bolam.

Buncha nozik bo’lmasang,

Gulga o’raymu bolam?

Yig’i to’la allam bor,

Aytib beraymu bolam?

Dardkashimsan sen bolam,

Suyanganimsan bolam.