» » Kamoliddin Rahimov - Salomatlik kerak

Kamoliddin Rahimov - Salomatlik kerak


Yaxshi niyatli kishi olamda chin inson demak,

Yaxshi niyat bo’lmasa, yo’q unda insoniy yurak. (x2)

Istagim izhor etay, odil guvohim bo’l falak,

El uchun, davrim uchun qalbimda ko’p ezgu tilak:

Avvalo tinchlik bilan do’stlik, salomatlik kerak. {x2}

Xizmat aylab elni shod etmoq hamisha niyatim,

Ta’zimiga yangi oy misli egarman qomatim.

Faxr etardim elga yoqsa arzimas bu san’atim,

Bir umrdirki dilimdan joy olib bu bir tilak:

Avvalo tinchlik bilan do’stlik, salomatlik kerak. {x2}

Lahza-lahza mehrim ortar, mehribonimdir elim,

Har biri jismimda jon, ruhi-ravonimdir elim.

Davlatim ham qudratim, nomu nishonimdir elim,

Behisob xalqim uchun qalbimda bu mangu tilak:

Avvalo tinchlik bilan do’stlik, salomatlik kerak.

Har birin ko’rgan sari ko’nglim ochilgay bog’u-bog’,

Ko’zlari tushsa ko’zimga, dil aro yongay charog’.

Ko’rmayin xalqim dilida zarracha armonu dog’,

Fikrimu zikrim doimo Chustiy bilan ushbu tilak:

Avvalo tinchlik bilan do’stlik, salomatlik kerak. {x2}

Avvalo tinchlik bilan do’stlik, salomatlik kerak.