Manzura - Yengilaman


Qayg’uli alam, dil to’la nolam, nolam,

Chunki sen bugun ketasan o’zga bilan.

Ayriliqning azobiga dosh berolmayman,

Qalbim yig’lar, seni so’rar.

Sevaman degin, men ishonaman yana,

Mayli, aldagin roziman hammasiga.

Faqat yonimda bo’lsang bas,

Boshqa hech narsa muhim emas, kerak emas.

Yengilaman, yuragimda asrab muhabbating,

Men bilaman, sen ham o’zgani sevolmasliging.

Sog’inaman, bu juda qiyin,

Aytgin, netayin? (x2)

Oq-qora hayot, qalbim bog’lari barbod,

Sevgi gullari endi gullamas nahot?

Kuz faslidek to’kiladi baxtning barglari,

Xazonlari, armonlari.

Unut demagin, unutishga yo’q mador,

Baxtsiz sevgidan endi qalbim yarador.

Olib ketar xotiralar yana sen tomon,

Yuguraman, yana bejon.

Yengilaman, yuragimda asrab muhabbating,

Men bilaman, sen ham o’zgani sevolmasliging.

Sog’inaman, bu juda qiyin,

Aytgin, netayin? (x2)