» » Gulsanam Mamazoitova - Aldama mani

Gulsanam Mamazoitova - Aldama mani


“Hay Layli” desangchi, hayallamay kelsangchi,

Shunchalar bo’larmu, voy biroz insof qilsangchi. (x2)

Qilma ko’p bahona, gap topma xona-xona,

Kutdim yo’llaring qarab manda bunda yona-yona. (x2)

Aldama mani yana va yana, yanada yayrab,

Aldama mani yana atay-ataylab.

Aldama mani yana jonim avaylab,

Aldama mani, aldama mani.

Hay, daydimasangchi, yolg’on haydamasangchi,

Va’dalar berib-berib, endi aynimasangchi.

“Besh-olti daqiqa” deganlaring antiqa,

Besh-olti soat o’tar, kutarman shu tariqa.

Aldama mani yana va yana, yanada yayrab,

Aldama mani yana atay-ataylab.

Aldama mani yana jonim avaylab,

Aldama mani, aldama mani.

Bergin bir xabar, kelmasang agar,

Nahot senga baribir, bo’lsa shu qadar?

Ko’zlaring kular, aldamas ular,

Ko’zlaringda yolg’oning, tavba, alhazar.

Aldama mani yana va yana, yanada yayrab,

Aldama mani yana atay-ataylab.

Aldama mani yana jonim avaylab,

Aldama mani, ey, aldama mani.