Manzura - Men Layli


Dilda uyg’ondi tuyg’u,

Diqqatim yorda urg’u,

Ko’nglimni o’g’irlaydi u, yey,

Yaralmoqda orzu.

Xayollar bazmu sado,

O’zga olam, hayrat.

Taralar qalblar aro

Davriy malham – muhabbat.

Men Layli ko’nglimda,

Ko’zlari nuroniy.

Men Layli qalbimda,

Qalbi, qalbi chiroyli. (x2)

Ochdim qo’limni so’rab,

Tilagimni takrorlab,

Men emas, yor meni izlab-ey,

Yo’qlamoqda qo’msab.

Xayollar bazmu sado,

O’zga olam, hayrat.

Taralar qalblar aro

Davriy malham – muhabbat.

Men Layli ko’nglimda,

Ko’zlari nuroniy.

Men Layli qalbimda,

Qalbi, qalbi chiroyli. (x2)

Men Layli...

Ko’zlari nuroniy...

Qalbimda...

Men Layli ko’nglimda,

Ko’zlari nuroniy.

Men Layli qalbimda,

Qalbi, qalbi chiroyli.

Men Layli...