Mirjamol - Men bo’lay


To’lib ketdi dilda

Senga aytar so’zlar,

Kuchim yetmas boshqa

Sevgim yashirishga.

Aytgin, nima qilay?

Kel, seni uchratay.

Nigohingga tushib,

Sen bilan so’zlashay.

Men bo’lay, men bo’lay,

Sevganing men bo’lay.

Sening yoningda

Doim men bo’lay.

Men bo’lay, men bo’lay,

Sevganing men bo’lay.

Sening yoningda

Doim o’zim bo’lay.

Bilsayding holimni,

Ko’rsayding qalbimni,

Faqat seni kutar

Mushtoq yuragimni.

Aytgin, nima qilay,

Qaysi yo’lga qaray?

Qiynalib ketdim men,

Seni hech topolmay.

Men bo’lay, men bo’lay,

Sevganing men bo’lay.

Sening yoningda

Doim men bo’lay.

Men bo’lay, men bo’lay,

Sevganing men bo’lay.

Sening yoningda

Doim o’zim bo’lay. (x2+x1)