Adham Soliyev - Borolmayman


Bugun sening to’ying kechasi,

Men to’yingga qandoq boraman?

Yig’lama, qalbimning erkasi,

Senga baxtlar tilab qolaman.

Qayg’ularga egmagin boshingni,

Ko’zlaringdan to’kmagin yoshingni.

Kechir mendek bag’ritoshingni,

Kechir jonim, meni kechirgin.

Borolmayman, borolmayman,

Borolmayman sening to’yingga.

Borolmayman, borolmayman,

Borolmayman sening to’yingga.

Seni jonu dildan sevgan edim-da,

Senga yuragimni bergan edim-da.

Bir umr yashay deb visol uyida,

Sendan qattiq umid qilgan edim-da.

Yolg’oningda qoldi yorug’ kunlarim,

Sensiz qandoq o’tar endi tunlarim?

Hamma to’yingda bo’lsa sho’x-shodon,

Mening esa bugun yuragim yig’lar.

Borolmayman, borolmayman,

Borolmayman sening to’yingga.

Borolmayman, borolmayman,

Borolmayman sening to’yingga.

Bugun sening to’ying kechasi,

Men to’yingga qandoq boraman?

Yig’lama, qalbimning erkasi,

Senga baxtlar tilab qolaman.

Borolmayman, borolmayman,

Borolmayman sening to’yingga.

Borolmayman, borolmayman,

Borolmayman sening to’yingga.