» » Gulsanam Mamazoitova - Chaman ichra

Gulsanam Mamazoitova - Chaman ichra


Boshimdagi ro’molim, chaman ichra,

Gul shoxiga ilindi, chaman ichra.

Kimni tutgay uvolim, chaman ichra, bog’ ichra,

Yolg’izligim bilindi, chaman ichra. {x2}

Bog’da bulbul sayraydi, chaman ichra,

Shom bo’lganga o’xshaydi, chaman ichra.

Yuragim jig’illaydi, chaman ichra, bog’ ichra,

Yor kelganga o’xshaydi, chaman ichra. {x2}

Hovlingizda bir bodom, chaman ichra,

Bizlar musofir odam, chaman ichra.

Bizni musofir qilgan, chaman ichra, bog’ ichra,

Shahringizda bir odam, chaman ichra.

Shahringizda bir odam, chaman ichra…